Breadcrumb

  1. O'zbekiston uchun Maxfiylikkaqilish siyosati
  2. Cookie-fayllardan foydalanish siyosati

Cookie-fayllardan foydalanish siyosati

Kirish. Qo'llash sohasi

Santen Oy kompaniyasi (Bosh ofisi manzili: Finlyandiya, Kelloportinkatu 1, PO Box 33, FI-33101: www.santen.uz, O'zbekistonda Santen Oy mahalliy vakolatxonasi orqali o'z faoliyatini amalga oshiradi. Santen Oy kompaniyasi ushbu saytda ishlatiladigan cookie-fayllardagi siz haqingizdagi ma’lumotlaringizni yig'ish va qayta ishlash uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. 

Ushbu siyosat foydalanuvchilarga bizning saytimizga tashrif buyurganlarida bu yerda sodir bo’ladigan jarayonlarni qanday boshqarishlari mumkinligi to’g’risida aniq va dolzarb ma'lumotlarni taqdim etish maqsadida ushbu saytda cookie-fayllardan foydalanish tartibini tavsiflaydi. Ushbu siyosat nuqtai nazaridan "cookie-fayl" atamasi qonunchilik tomonidan nazarda tutilgan cookie-fayllar va shunga o'xshash texnologiyalar (masalan, odatda "flesh-cookielar" deb ataladigan mahalliy obyektlar, veb-mayoqlar yoki eshitish moslamalari, shu jumladan bo'sh GIF fayllari) ni anglatadi. Ushbu fayllar o’z tarkibida uchinchi shaxslar tomonidan saqlanadigan, internet-sahifalarga tashrif buyuruvchi foydalanuvchilar/mehmonlarning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi (masalan, IP-manzil, domen va saytga tashrif buyuruvchi foydalanuvchilar kompyuterlarining ro'yxatga olish raqamlari) shunga o'xshash va boshqa ma’lumotlar bilan taqqoslash orqali olingan ma'lumotlarni saqlaydi. Ushbu ma'lumotlar faqatgina statistik maqsadlarda ishlatiladi va qayta ishlanadi. 

Mazkur hujjat Ma’lumotlarni sir tutish siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda keltirilgan ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining “Shaxsga oid ma'lumotlar" to'g'risidagi qonuni, Finlyandiyaning ma'lumotlarni muhofaza qilish to'g'risidagi Qonuni, tegishli tuzatmalar kiritilgan va kuchga kirgan Elektron ma’lumotlarning maxfiyligi to’g’risidagi 2002/58/EC sonli direktivasi, Yevropa Ittifoqining ma’lumotlarni sir tutish to’g’risidagi 2016/679 ("GDPR") umumiy reglamenti, shuningdek, ma'lumotlarni muhofaza qilish va sir saqlash sohasidagi vakolatli davlat organlari (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Davlat personallashtirish markazi), shuningdek, ma'lumotlarni muhofaza qilish bo'yicha Ombudsman boshqarmasi (shuningdek, Tietosuojavaltuutetun toimisto) tomonidan ishlab chiqilgan boshqa qonun va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqdir. Shuning uchun Santen kompaniyasining ma'lumotlarni muhofaza qilish sohasidagi asosiy majburiyatlari batafsil bayon etilgan maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.

Cookie-fayl nima?

Cookie-odatda harflar va raqamlardan tashkil topgan kichik fayl. Ushbu fayl foydalanuvchi saytga kirganda qurilmaga yuklanadi. Keyin saytga har safar tashrif buyurganingizda, cookie-fayllari avval yuklangan saytga qaytariladi. Cookie-fayllar saytning ishlashi va funksionalligini yaxshilashga yordam beradi, shuningdek, mazkur saytni ma'lum bir foydalanuvchi uchun qulayroq qilib beradi. Bundan tashqari, ular bizning saytimizda tashrif buyuruvchilarning xatti-harakatlari haqida fikr yuritishimizga, uni qanday ishlatishlarini va unga taqdim etilgan xizmatlarni tushunishimizga yordam beradi.

Cookie-fayllar va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanish uzoq vaqtdan buyon keng tarqalib kelayotgan amaliyotdir. Bundan tashqari, cookie-fayllarsiz bir qator onlayn xizmatlarning ishlashi mumkin emas. Shuning uchun qonun bunday texnologiyalardan foydalanishni taqiqlamaydi, lekin foydalanuvchilarni saytda joylashtirilgan cookie-fayllardan foydalanish haqida oldindan xabardor qilishni talab qiladi va ularga bu turdagi barcha fayllardan foydalanishga aniq rozilik berish yoki ixtiyoriy ravishda cookie-fayllarni shaxsiy sozlashni amalga oshirish huquqini beradi.

Cookie-fayllarining turlari

Muayyan muddatli va doimiy cookie-faylla

Cookie fayllarining amal qilish muddati brauzerda ishlash jarayoni tugashi bilan so'ng tugaydi (jarayon foydalanuvchi brauzer oynasini ochganda boshlanadi va foydalanuvchi brauzerni yopganda tugaydi) yoki ular uzoqroq saqlanishi mumkin.

Muayyan muddatli cookie-fayllari – brauzerda ishlash jarayonida saytdagi foydalanuvchi harakatlarini moslashtirishga imkon beradi. Ular turli vazifalarni bajaradilar, masalan, saytga tashrif buyurib, Foydalanuvchining Savatga qo'ygan mahsulotlarini eslab qolish. Bundan tashqari, ular foydalanuvchi Internet-bankka kirganda, shuningdek, elektron pochta veb-sayti bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida xavfsizlikni ta'minlash uchun ishlatilishi mumkin. Bunday muayyan muddatli cookie-fayllarining amal qilish muddati brauzerda ish jarayoni tugagandan so'ng tugaydi.

Muayyan muddatli cookie-fayllar (har qanday holatda foydalanuvchi kompyuterida doimiy ravishda saqlanmaydi, lekin brauzer yopilgandan so'ng avtomatik ravishda o'chiriladi) faqat ma'lum bir jarayon haqida ma'lumotlarni (server tomonidan yaratilgan tasodifiy sonlar to'plami sifatida) uzatish uchun ishlatiladi, shuningdek, tarmoqda xavfsiz va samarali ishlashni ta'minlaydi. Ushbu saytda Cookie jarayonlari deb ataladigan boshqa hech qanday kompyuter texnikasi ishlatilmaydi, bu tarmoqdagi foydalanuvchi ma'lumotlarining maxfiyligining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Doimiy cookie-fayllar  – Foydalanuvchining qurilmasida brauzerda ish jarayonlari orasidagi tanaffuslarda saqlanadi, bu esa Foydalanuvchining saytdagi ma’qul ko’rilgan (ko’p izlangan) ma’lumotlar yoki harakatlarini eslab qolish imkonini beradi (ba'zi hollarda turli saytlarda bo’lsa ham). Doimiy cookie-fayllar turli vazifalarni bajaradi, jumladan, saytdagi foydalanuvchilar qidirgan ma’lumotlarni va ularning harakatlarini eslab qoladi.

Xususiy va begona cookie – fayllari shaxsiy yoki begona saytda yoki domenda joylashtirilgani nuqtai nazaridan farqlanadi. Umuman olganda, xususiy cookie-fayllar foydalanuvchi saytga tashrif buyurganida joylashtirilgan fayllar bo'lib, unda foydalanuvchining manzili URL havolali oynada ko'rsatiladi. Santen kompaniyasi tomonidan joylashtirilgan cookie-fayllar uchun bunday saytning manzili www.santen.uz. Begona cookie-fayllar foydalanuvchi tashrif buyuradigan domenga joylashtirilmagan fayllar: ya’ni  www.santen.uz, dan boshqa kompaniyalar, masalan, Google, va saytlar tomonidan joylashtirilgan cookie-fayllardir. Agar foydalanuvchi saytga tashrif buyursa (masalan www.santen.uz) va cookie-fayllar www.santen.uz saytiga qandaydir boshqa kompaniyalar tomonidan joylashtirilgan bo’lsa, bunday cookie-fayllar begona hisoblanadi.

Cookie-fayllarni qabul qilish, nazorat qilish va o'chirish tartibi

Ba'zi cookie-fayllarsiz ushbu sayt normal ishlamaydi. Bunday holda, Foydalanuvchining roziligi talab qilinmaydi. Misol uchun, bu turdagi fayllar bir nechta kompyuterlar o'rtasida yuklama taqsimoti va xavfsizlikni ta'minlaydigan fayllar orqali sahifani tez va samarali yuklash uchun mas'ul bo'lgan fayllardir.

Boshqa turdagi cookie-fayllar asosli ravishda zarur yoki muhim bo'lishi mumkin, lekin qat'iy majburiy emas, shuning uchun bu holda foydalanuvchi roziligi talab qilinadi. Bunday cookie-fayllarni (ya'ni, operatsion va funktsional, reklama/maqsadli cookie-fayllarni) qurilmangizga yuklamasdan oldin sizning roziligingiz so'raladi (buning uchun tegishli bannerda "barcha cookie-fayllarni qabul qilish" tugmasini bosish yoki brauzerning cookie-fayllar sozlamalari bo’limida tegishli tanlovni amalga oshirish lozim).

Agar biron-bir ikkinchi darajali cookie-fayllardan foydalanishga rozilik berishni hohlamasangiz yoki istalgan vaqtda bekor qilmoqchi bo'lsangiz, cookie-fayllarni sozlash da sozlamalarni o'zgartirishingiz yoki brauzeringiz sozlamalarida cookie-fayllardan foydalanishni o'chirib tashlashingiz, bloklashingiz yoki taqiqlashingiz kerak bo'ladi. Bunday Sozlamalar ko'pincha Internet brauzeringizning "Sozlamalar" menyusida joylashgan bo’ladi. Batafsil ma'lumotni Internet brauzeringizning "Yordam" bo'limida topishingiz yoki brauzeringizning foydalanuvchi qo'llanmasiga to'g'ridan-to'g'ri quyidagi havolalar orqali o'tishingiz mumkin: 

Diqqat qiling: cookie fayllarining ayrim yoki barcha turlarini ishlatish yoki o'chirishni taqiqlash saytning funksionalligini aks ettiradi va bizning veb-saytimizga kirish va u bilan ishlashning qulayligiga, shuningdek sizga taqdim etayotgan xizmatlarga ta'sir qilishi mumkin.

Cookie-fayllaringizning har qanday sozlamasi faqat ushbu saytda qo'llaniladi hamda boshqa begona saytlarida yoki Internet sahifalarida, ushbu saytda joylashtirilishi mumkin bo'lgan giper havolalarda ishlamaydi. Bunday saytlarda ishlatiladigan cookie-fayllar haqida batafsil ma'lumot tegishli saytlarning cookie-fayllaridan foydalanish uchun maxsus maxfiylik bayonnomasida yoki siyosatida keltirilgan.

Biz foydalanadigan cookie-fayllar

Ushbu saytni boshqarish uchun Santen kompaniyasi xizmatlarni taqdim etish, foydalanuvchilarning qulayligini oshirish, shuningdek, turli maqsadlar uchun yig'iladigan ma'lumotlar asosida kengaytirilgan statistikani shakllantirish uchun cookie-fayllardan foydalanadi.

Bunday cookie-fayllar sizni saytning boshqa foydalanuvchilariga nisbatal alihoda  ajratib olish va siz uchun foydalanish qulayligini oshiradi va uning ishlashini yaxshilashga yordam beradi.

Biz "texnik" va "analitik" cookie-fayllaridan foydalanamiz. Ular bizga tashrif buyuruvchilarni ajratib olish va hisobini yuritishda, shuningdek, sayt bilan ishlashda ushbu foydalanuvchilarning hatti-harakatlarni o'rganishda yordam beradi. Ushbu ma'lumot bizga saytning ishlashini yaxshilashga imkon beradi, xususan, foydalanuvchi uchun to'g'ri mahsulot yoki xizmatlarni qidirishni osonlashtiradi. Quyidagi jadvalda biz foydalanadigan maxsus analitik cookie-fayllar va ularni qanday aniqlash mumkinligi haqida ma'lumot berilgan.

Aniqroq aytganda, ushbu saytda quyidagi jadvalda keltirilgan cookie-fayllardan foydalanadi:

Juda muhim cookie-fayllar

Ushbu cookie-fayllar saytning ishlashi uchun zarurdir va bizning tizimlarimizda o'chirilishi mumkin emas. Odatda, ular faqat maxfiylik parametrlarini sozlash, tizimga kirish yoki shakllarni to'ldirish kabi xizmatni taqdim etish talabi sifatida ko'rilgan hatti-harakatlar natijasida belgilanadi. Brauzeringizni bunday cookie-fayllarni blokirovka qilish yoki sizni ogohlantiradigan tarzda sozlashingiz mumkin, ammo bu holda saytning alohida bo'limlari ishlamaydi. Ushbu cookie-fayllarda foydalanuvchi shaxsini aniqlashga imkon beradigan hech qanday ma'lumot saqlanmaydi. 

Cookie nomi Manba Amal qilish muddati Standart holati
OptanonAlertBoxClosed santen.uz 13 oy  har doim faol  
OptanonFunctional santen.uz 13 oy  har doim faol  
OptanonNecessary santen.uz 13 oy  har doim faol  
OptanonPerformance santen.uz 13 oy  har doim faol  

Funktsional cookie-fayllar

Ushbu cookie fayllari orqali bizning veb-saytimiz sizning sozlamalaringizni (masalan, foydalanuvchi ismi, tili, qidirilayotgan ma’lumot yoki mintaqangiz) eslab qoladi, bu siz uchun qulaylik yaratadi. Ushbu cookie-fayllar maxfiy bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni to'playdi va siz taqdim etgan shaxsiy ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Ushbu cookie-fayllardan foydalanishdan voz kechish saytning ishlashi va funksionalligiga ta'sir qilishi va uning tarkibiga kirishni cheklashga olib kelishi mumkin. 

Cookie nomi  
Manba
Amal qilish muddati  
Standart holati
Contrast santen.uz Session

O’CHIR./foydalanuvchi roziligi talab qilinadi

Polly santen.uz Session O’CHIR./foydalanuvchi roziligi talab qilinadi
Textsize santen.uz Session O’CHIR./foydalanuvchi roziligi talab qilinadi

Expluatatsion cookie-fayllar

Ushbu cookie-fayllar tashrif buyuruvchilar tomonidan saytdan foydalanish haqida ma'lumot to'playdi, masalan, eng ko'p tashrif buyurilgan sahifalar, saytdan foydalanish muddati, foydalanuvchilarning Internet-sahifalardan xato xabarlarini olishlari. Ushbu cookie-fayllar sizning shaxsingizni aniqlash imkonini beruvchi ma'lumotlarni to'plamaydi. Ushbu cookie-fayllar to'playdigan barcha ma'lumotlar shaxssiz bo’lib faqat saytning ishlashini yaxshilash uchun ishlatiladi. 

Google Analytics

Ushbu sayt Google Analytics — Google, Inc. («Google») kompaniyasining veb-tahlil xizmatidan  foydalanadi. Google Analytics kompyuteringizda joylashtirilgan matnli cookie-fayllardan foydalanadi va saytdagi foydalanuvchining harakatlarini tahlil qilishga yordam beradi. Cookie-fayllar tomonidan sizning saytdagi harakatlaringiz (IP-manzilingiz, shu jumladan) haqida to’plangan ma'lumotlar Google-ga uzatiladi va uning AQShdagi serverlarida saqlanadi. Google ushbu ma'lumotni saytdan foydalanishni baholash, sayt administratorlari uchun foydalanuvchi hatti-harakatlari hisobotlarini tayyorlash va saytdan foydalanish hamda Internetdan foydalanish bilan bog'liq boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun ishlatadi. Google shuningdek, ushbu ma'lumotni uchinchi tomonlarga Qonunchilik talablariga muvofiq, yoki agar bunday uchinchi taraf shaxslar Google kompaniyasi nomidan ma'lumotlarni qayta ishlashni amalga oshirsa, berishi mumkin. Google sizning IP-manzilingizni Google kompaniyasining tasarrufidagi boshqa istalgan ma'lumotlar bilan taqqoslamaydi. Siz brauzeringizning tegishli sozlamalarida cookie-fayllardan foydalanishni rad etish huquqiga egasiz.

Shunga qaramay, shuni yodda tutish lozimki, bu holda ushbu saytning barcha funksiyalari to’liq faol bo'lmasligi mumkin. Ushbu saytdan foydalanish orqali, yuqorida tavsiflangan va yuqorida ko'rsatilgan maqsadlar uchun Google tomonidan ma'lumotlaringizni qayta ishlashga rozilik bildirgan bo’lasiz.

Google kompaniyasi tomonidan ma'lumotlaringizni qayta ishlash tartibi haqida batafsil ma'lumot Googlening maxfiylik siyosatiga kiritilgan.

Barcha saytlarda Google Analytics xizmati tomonidan o'z harakatlaringizni kuzatilishidan https://tools.google.com/dlpage/gaoptout (Chrome, Internet Explorer 8-11, Safari, Firefox va Opera brauzerlari uchun) havolasi orqali voz kechishingiz mumkin.

Cookie nomi  
Manba
Amal qilish muddati  
Standart holati
 _ga  santen.uz  2 yil

O’CHIR./foydalanuvchi roziligi talab qilinadi

 _gid  santen.uz  24 soat

O’CHIR./foydalanuvchi roziligi talab qilinadi

 _gat  santen.uz  1 minut

O’CHIR./foydalanuvchi roziligi talab qilinadi

 _AMP+TOKEN  santen.uz  30 sekunddan 1 yilgacha

O’CHIR./foydalanuvchi roziligi talab qilinadi

Ma'lumotlarni uzatish va saqlash

Sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar amaldagi qonunchilikka muvofiq saytga qarshi qaratilgan kiber-firibgarlik holatlarini aniqlash uchun zarur bo'lgan hollar bundan mustasno, har bir cookie-fayl turi uchun yuqorida ko'rsatilgan muddatdan ortiq saqlanmaydi. Veb-xizmatdan keladigan hech qanday ma'lumot tarqatilmaydi va qabul qiluvchilarning aniqlanmagan doirasiga o'tkazilmaydi.

Cookie-fayllardan foydalanish siyosatini yangilash

Bizning saytimizda cookie-fayllardan foydalanish siyosati vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin, shuning uchun cookie-fayllardan foydalanish tartibidagi barcha o'zgarishlar haqida dolzarb ma'lumotlarni olish uchun saytga tashrif buyurganingizda ushbu hujjatni o'rganishni tavsiya etamiz. 

Cookie fayllari haqida batafsil ma'lumot

Ushbu sayt tomonidan o'rnatilgan cookie-fayllar haqida batafsil ma'lumotni Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika mintaqalari uchun maxfiy ma'lumotlarni muhofaza qilish bo’limidan privacy-emea@santen.com elektron pochta orqali olish mumkin. 

Cookie fayllari haqida umumiy ma'lumot, turli brauzerlarda cookie-fayl sozlamalarini o'zgartirish, shuningdek, cookie-fayllarni kompyuterdan o’chirish haqida batafsil ma'lumotni quyidagi havolalarga o'tish orqali olish mumkin: www.aboutcookies.org, www.allaboutcookies.org yoki https://cookiepedia.co.uk/.

Oxirgi tahrir sanasi:

15 yanvar 2021 yil