Breadcrumb

Foydalanish shartlari

USHBU SAYTNI ISHLATISHDAN OLDIN USHBU FOYDALANISH SHARTLARINI DIQQAT BILAN O'QING

Kirish

Ushbu sayt (www.santen.uz) egasi va ma'muri Santen Oy (keyingi o'rinlarda – Santen) hisoblanadi va O'zbekistonda Santen Oy mahalliy vakolatxonasi orqali o'z faoliyatini amalga oshiradi. Bizning saytimizda saytga tashrif buyuruvchilar (bu yerda va bundan keyin — "siz" yoki "foydalanuvchilar") Santen kompaniyasining faoliyati haqida umumiy ma'lumot olishlari (batafsilroq ma'lumot quyida keltiriladi), foydalanish shartlari bilan tanishib chiqishlari (keyingi paragrafga qarang), shuningdek amaldagi Qonunchilik va me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa ma'lumotlarni olishlari mumkin.

Ushbu saytdan foydalanish tartibi ushbu saytdan foydalanish shartlari (bu yerda va bundan keyin — "shartlar"), shuningdek Santen kompaniyasi veb-saytining maxfiyligini ta'minlash siyosati bilan tartibga solinadi. Ushbu saytga tashrif buyurib yoki uni boshqa yo'l bilan ishlata turib, ushbu saytdan foydalanish mazkur Shartlar (quyida keltirilgan) bilan tartibga solinishini, shuningdek, siz kamida 18 yoshda ekanligingizni o'qib, tushunganingizni tasdiqlaysiz. 

Santen kompaniyasi ushbu Shartlarga istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan o'zgartirish kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Bunday o'zgarishlar ushbu saytda chop etilgandan so'ng darhol kuchga kiradi. Saytga tashrif buyurishni davom ettirishingiz yoki uni ishlatishning boshqa turlarini qo’llashingiz, o'zgarishlar kuchga kirgandan so'ng, Shartlardagi o'zgarishlarga roziligingizni bildiradi.

Litsenziya va foydalanish sohasi

Ushbu sayt, shu jumladan uning dizayni va interfeysi, shuningdek, uning barcha mazmuni, jumladan, matn, rasm, grafik, video fayllar, mualliflik huquqi to'g'risidagi amaldagi qonun hujjatlari, tovar belgilari va dunyoning istalgan mamlakatlarida amal qiluvchi boshqa qonunlar hamda bitimlar bilan himoyalangan. Santen kompaniyasi bunday kontentning egasi hisoblanadi yoki uni ishlatish uchun litsenziyaga ega. Barcha huquqlar himoyalangan.

Ushbu sayt mazmunidagi hech narsa Santen kompaniyasi yoki istalgan uchinchi taraf tomonidan patent, tovar belgisi, mualliflik huquqi yoki boshqa intellektual mulk doirasida litsenziya yoki boshqa huquqlarni berish sifatida talqin qilinishi mumkin emas. Santen kompaniyasi ushbu saytdan istalgan sababga ko'ra oldindan ogohlantirmasdan turib, foydalanishni to'xtatish, o'zgartirish yoki cheklash huquqiga ega.

Ushbu saytning mazmunidan Santen kompaniyasining oldindan roziligisiz nusxa ko'chirish, yuklab olish, o'zgartirish, tarqatish, boshqa maqsadlar uchun uchinchi shaxslar tomonidan shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

Boshqa jihatlar belgilab qo’yilmagan bo'lsa, ushbu saytdagi barcha tovar “Tovar belgilari to'g'risida”gi qonun hujjatlari bilan himoyalangan. Ushbu saytda uchraydigan tovar nomlari, logotiplari, dizaynlari, shiorlari va Santen kompaniyasining shaxsiy stili belgilari tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, savdo markazlari nomlari sifatida tegishli tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan va amaldagi Qonunchilik bilan himoyalangan. Shuning uchun, bu huquqlarni buzishga qaratilgan har qanday harakatlar qat'iyan taqiqlanadi. 

Ushbu saytda joylashtirilgan boshqa kompaniyalarning tovarlar va xizmatlar nomlari uchinchi shaxslarga tegishli savdo belgilari yoki xizmat ko'rsatish belgilari bo'lishi mumkin.

Cheklashlar va javobgarlikdan voz kechish

USHBU SAYT VA UNGA JOYLASHTIRILGAN MA'LUMOTLAR HECH QANDAY O’ZGARTIRISHLARSIZ, YOKI NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARSIZ "XUDDI SHUNDAY" SHARTLARIDA TAQDIM ETILADI. USHBU SAYTDA JOYLASHTIRILGAN AXBOROTNING DOLZARBLIGI, ANIQLIGI YOKI TO'LIQLIGINI KAFOLATLAMAYMIZ. QAROR QABUL QILISHDA YOKI BIRON-BIR HARAKATNI AMALGA OSHIRISHDA HECH QANDAY HOLDA UNGA TAYANMASLIGINGIZ KERAK. BIZ USHBU SAYTDA JOYLASHTIRILGAN AXBOROTNI UZLUKSIZ TAQDIM ETISH, SHUNINGDEK, VIRUSLAR, ZARARLI DASTURLAR, "TROYAN OTI" YOKI BOSHQA ZARARLI KODLARNING YO'QLIGI BILAN BOG'LIQ HAR QANDAY KAFOLATLARDAN VOZ KECHAMIZ.

Santen kompaniyasi ushbu sayt tarkibining aniqligi, to'liqligi va dolzarbligini ta'minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Shunga qaramay, Santen kompaniyasi axborotning aniqligi, to'liqligi yoki dolzarbligi bo’yicha barcha kafolat yoki javobgarlikni rad etadi.

Bundan tashqari, Santen kompaniyasi oldindan ogohlantirmasdan ushbu sayt faoliyatini to'xtatib turish yoki to'xtatish huquqini saqlab qoladi. Bunday holda, SANTEN har qanday zarar uchun javobgar emas. 

Siz har qanday maqsadda foydalanishdan oldin barcha ma'lumotlarni mustaqil ravishda tekshirishingiz kerak. Siz ushbu sayt va unda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanishda shaxsan javobgar bo'lasiz. Siz kompyuter viruslari, zararli dasturlar va boshqalar bilan zararlanishning oldini olish uchun mustaqil ravishda choralar ko’rishingiz lozim.

Santen kompaniyasi ushbu saytda joylashtirilgan ma'lumotlardan yoki saytning o'zidan foydalanish natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar emas.

Tibbiy yoki kasbiy xizmat ko'rsatish bilan bog'liq tavsiyalar uchun javobgarlikdan voz kechish

Ushbu saytda Santen kompaniyasining tibbiy mahsulotlari va xizmatlari haqida umumiy ma'lumot mavjud bo'lib, uning maqsadi Foydalanuvchining xabardorligini oshirish va tegishli kasalliklar bo'yicha ilmiy va ilmiy-ommabop ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Ushbu saytda joylashtirilgan ma'lumotlar tibbiy xulosa yoki tibbiy tavsiyalar deb hisoblanmaydi va qabul qilinmaydi hamda har qanday muayyan tibbiy muammolar yoki haqiqiy holatlarda tibbiy xulosalar yoki tibbiy tavsiyalar o'rnini bosmaydi. Agar davolanishni talab qiladigan kasallik mavjud bo'lsa, ushbu sayt foydalanuvchilari darhol shifokorga murojaat qilishlari tavsiya etiladi.

Foydalanuvchilardan olingan ma'lumotlar

Santen kompaniyasi elektron pochta orqali yoki ushbu saytdagi shakllar orqali yuborilgan savollar va so'rovlarga javob berishga majbur emas. Agar qonun yoki maxfiylik siyosatida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu saytda elektron pochta orqali yoki boshqa yo'llar bilan joylashtirgan har qanday xabarlar yoki materiallar, shu jumladan har qanday ma'lumotlar, savollar, sharhlar, takliflar va h.k. maxfiy ma'lumotlar hisoblanmaydi va mulk huquqi bilan himoyalanmagan.

Maxfiylik

Ushbu saytda to'plangan barcha shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish bizning maxfiylikka rioya qilish siyosati shuningdek, ushbu Shartlarning bir qismi bo'lgan cookie-fayllardan foydalanish siyosati ga muvofiq amalga oshiriladi. Maxfiylik tartib-qoidalari haqida batafsil ma'lumotni privacy-emea@santen.com elektron pochtasi orqali olish mumkin.

Boshqa biror bir harakatlar biz bilan yozma ravishda kelishilmagan bo'lsa, xodimlarimiz va (yoki) uchinchi shaxslar haqida sizga taqdim etilgan har qanday shaxsiy ma'lumotlardan faqatgina sizga taqdim etiladigan maqsadlar uchun, shuningdek, amaldagi Qonunchilik va ma'lumotlarni muhofaza qilish to'g'risidagi normativ hujjatlarga muvofiq foydalanishingizni talab qilamiz.

Bo'sh ish o'rinlari

Biz har doim Santen kompaniyasida ishlashga qiziqishni qo’llab-quvvatlaymiz. Ishga joylashish yoki xodimlarni yollashda Santen kompaniyasi irqi, terisining rangi, e'tiqodi, imkoniyatlarining cheklanganligi, milliy kelib chiqishi, yoshi, jinsi bilan bog’liq yoki amaldagi federal, davlat yoki mahalliy qonun bilan himoyalangan boshqa xususiyatlarga ko’ra kamsitishga yo'l qo'ymaydi. Shuni chuqur anglash lozimki, bo’sh ish o’rniga qabul qilish uchun qiziqish bildirish yoki ma’lumotnoma-rezyume jo’natish bo’yicha so’rov yuborish siz va Santen kompaniyasi o'rtasida mehnat shartnomasi tuzish yoki boshqa har qanday foyda olish huquqi sifatida qabul qilinishi mumkin emas degani emas. Shuni yodda tutish kerakki, Sizning ish bilan bog'liq Santen kompaniyasiga yuborgan har qanday so'rovlaringiz ish bilan ta'minlash uchun ariza deb hisoblashlari mumkin emas va Santen kompaniyasi ularga javob berishga majbur emas. Agar Santen sizning ish joyingiz imkoniyatlarini o'rganishdan manfaatdor bo'lsa, sizning so'rovingizga javoban siz bilan bog'lanamiz.

Santen kompaniyasida mavjud bo’sh ish o’rinlari bilan tanishish uchun bizning vakansiya sahifamiz da tanishishingiz mumkin. Santen kompaniyasi tomonidan sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni ishga joylashtirish va ishga olish imkoniyatlarini o'rganish uchun to'plash va qayta ishlash tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar bizning kadrlar siyosati bo’limimizda joylashtirilgan.

Boshqa saytlar va havolalar

Sizning ishlashingizda qulaylik tug’dirish uchun biz boshqa saytlarga havolalar bera olamiz. Ushbu harakatlar Santen kompaniyasi boshqa kompaniyalar mahsulotlarini yoki xizmatlarini, shuningdek, bunday saytlarning mazmunini aniq tavsiya qiladi degani emas. Sizning e'tiboringizni Santen kompaniyasi bunday saytlarning mazmuni, shuningdek, ulardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday zarar uchun javobgar emasligiga qaratamiz. Ushbu saytda joylashtirilgan havolalardagi har qanday saytlarga o'tish sizning shaxsiy mas'uliyatingizdir.

Bundan tashqari, agar siz ushbu saytga boshqa saytga havolani joylashtirishingiz yoki ushbu Shartlarda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun ushbu saytdan foydalanishingiz kerak bo'lsa, avval Santen kompaniyasining yozma roziligini olishingiz kerak. Sizning e'tiboringizni Santen kompaniyasi boshqa saytlar yoki havolalar tomonidan taqdim etiladigan va Santen veb-saytiga aloqador bo'lgan yoki ushbu saytdan foydalanadigan har qanday saytning mazmuni uchun javobgar emasligiga qaratamiz.

Ijtimoiy tarmoqlar

Axborot xabarlarida, moliyaviy hisobotlarda va ushbu saytda joylashtirilgan boshqa ma'lumotlarda Santen kompaniyasining rasmiy qoidalari va qarashlari aks ettirilgan. Santen kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifalariga ega (masalan, LinkedIn, Twitter) va ularni so'nggi yangiliklar hamda tadbirlar haqida xabar berish, shuningdek, boshqa auditoriyani ish imkoniyatlari haqida xabardor qilish uchun ishlatadi. Shu bilan birga, Santen xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa shunga o'xshash manbalarda joylashtirilgan ma'lumotlar Santen kompaniyasining qoidalari yoki qarashlarini aks ettirmaydi.

Bizning jamoaviy aloqamiz bizning falsafamizga, shuningdek, axloqiy, Qonunchilik va me'yoriy standartlarga mos kelishini ta'minlashga intilamiz, shuning uchun biz Santen kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan foydalanish tartibini tartibga soluvchi bir qator asosiy jihatlarni ishlab chiqdik. Batafsil ma'lumot ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalardan foydalanishning umumiy shartlari da keltirilgan

Amaldagi qonun, yurisdiktsiya va qoidalarning mustaqilligi

Ushbu Shartlar Finlyandiya qonun hujjatlariga muvofiq talqin etiladi va tartibga solinadi. Ushbu Shartlar yoki ushbu sayt bo'yicha har qanday kelishmovchiliklar yuzasidan har qanday sud jarayoni Finlyandiya Xelsinki sudlarining yurisdiktsiyasiga tegishlidir.

Santen kompaniyasi boshqa hududlarda joylashtirilgan ma'lumotlarning haqqoniyligi yoki qo’llanishga mosligini kafolatlamaydi. Santen kompaniyasining veb-saytiga uning mazmuni noqonuniy deb hisoblangan hududlarda kirish taqiqlanadi. Santen kompaniyasining veb-saytiga O'zbekistondan tashqari boshqa hududlardan yoki mamlakatlardan tashrif buyuruvchilar buni o'z tashabbusi bilan amalga oshiradilar va amaldagi mahalliy qonunlarga rioya qilish uchun mas'uldirlar.

Agar tegishli yurisdiktsiya sudining qaroriga ko’ra, ushbu Shartlarning har qanday qoidasi qonuniy yoki da'vo kuchiga ega bo'lmagan deb topilsa, ushbu Shartlarning qolgan qoidalari to'liq huquqiy kuch va harakatini saqlab qoladi. Bunday holda, Santen kompaniyasi ushbu Shartlarning qonuniy yoki da'vo kuchiga ega bo'lmagan har qanday o'rnini qonuniy yoki da'vo kuchiga ega bo'lgan pozitsiyaga almashtirish huquqiga ega, bu esa Shartlar bilan belgilanadigan tijorat va boshqa maqsadlarga imkon qadar to'liq erishish imkonini beradi.

Javobgarlik va qoidabuzarliklar

Ushbu saytdan foydalanish yoki unga kirish, shu jumladan Santen kompaniyasi yoki ushbu saytda joylashtirilgan boshqa mualliflarning har qanday hujjatidan foydalanish uchun javobgarlikni to'liq o'z zimmangizga olasiz. Santen kompaniyasiga da'vo qilish uchun har qanday sabab yoki asoslardan voz kechasiz.

Bundan tashqari, siz ushbu saytdan quyidagi maqsadlarda foydalanmaslik majburiyatini qabul qilasiz:
(a) noqonuniy, zararli, o'z ichida tahdidlarni saqlagan, tajovuzkor, bezovta qiluvchi, axloqsiz, haqoratli, qo'pol, odobsiz, tuhmat, boshqalarning shaxsiy hayotga bo'lgan huquqlarini poymol qilish, nafratni qo'zg'atish, irqchilik, etnik guruhlarga yoki boshqa kiruvchi kontentlarni yuklab olish, joylashtirish, elektron pochta orqali yoki boshqa yo’l bilan yuborish;
(b) boshqa shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini oldindan yozma roziligisiz yuklab olish, joylashtirish, elektron pochta orqali yuborish yoki boshqa usulda uzatish;
(c) har qanday patent yoki mualliflik huquqini, savdo belgilariga bo'lgan huquqni, tijorat sirini yoki har qanday shaxsning boshqa mulkiy huquqlarini buzadigan har qanday kontentni yuklab olish, joylashtirish, elektron pochta orqali yuborish yoki boshqa tarzda yuborish;
(d) saytdan foydalanganda, shu jumladan, har qanday fond birjasining ko'rsatmalari bo'yicha amaldagi qonun yoki normativ hujjatni buzish; yoki
(e) boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini to'plash yoki saqlash.

Sizning harakatlaringiz noqonuniy, tajovuzkor va ruhga va ushbu shartlarning har qanday pozitsiyasiga mos kelmasa, siz saytga kirishdan bosh tortish huquqiga ega ekanligingizni tan olasiz va tasdiqlaysiz. Bundan tashqari, biz noto'g'ri, noqonuniy yoki qadriyatlarimiz va axloqiy me'yorlarimizga zid bo'lgan har qanday materiallarni olib tashlash huquqini saqlab qolamiz.

Agar saytda noto'g'ri kontent aniqlansa, darhol biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz: uzbekistan@santen.com.

Aloqa ma'lumotlari

Agar ushbu Shartlar bo'yicha savollaringiz bo'lsa, quyidagi manzil bo’yicha bizga murojaat qiling: uzbekistan@santen.com .

Oxirgi yangilanish sanasi: 15 yanvar 2021 yil